Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHI DOIMIY KOMISSIYASINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.

“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19¹-moddasi talablariga muvofiq Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Yig‘ilishni doimiy komissiya raisi Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich olib bordi. Unda doimiy komissiya a’zolari Xojiboyev Jalol Xotamboyevich, Ismailov Qamariddin Abdurahimovich, Xikmatova Marhabo Sulxonberdi qizi, tuman Kengashi kotibiyati mudiri, kotibiyat bosh mutaxassislari, shuningdek, tegishli tashkilot va muassasalar vakillari ishtirok etdi.Kun tartibidagi asosiy masala sifatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-sentabrdagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi VM-594-son qarori ijrosi doirasida Parkent tumanida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘orilmaydigan yerlar hamda yer fondining boshqa toifalari tarkibidagi maydonlarni xatlovdan o‘tkazish natijalari to‘g‘risidagi hisobot ko‘rib chiqildi.Hisobot yuzasidan doimiy komissiya a’zolari tomonidan mas’ullarga tegishli savollar berilib, xatlov natijalari va hisobotda keltirilgan ma’lumotlar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, deputatlar tomonidan xatlov natijalari yuzasidan taqdim etilgan hisobotdagi ma’lumotlarni bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish, mavjud holatni amaldagi ma’lumotlar bilan solishtirish hamda aniqlangan holatlar bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish yuzasidan mas’ullarga taklif va tavsiyalar bildirildi.Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berilib, namunaviy doimiy komissiya qarori asosida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining tegishli qarori qabul qilindi.  

Slide 1 of 10