Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Deputat so‘rovi chiqarildi

DEPUTAT SO‘ROVI

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati N. Baymuratova tomonidan Qo‘shko‘pir tuman hokimi Sh.K. Axmedov nomiga “Mehnatobod” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro Vasila Bekchanovaning tikuvchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun bino bilan ta’minlash masalasida amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.

Murojaatda fuqaro Vasila Bekchanovaning tikuvchilik faoliyatini rivojlantirish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish istagi bildirilgan. Biroq faoliyatni kengaytirish uchun zarur bino va ish joyiga bo‘lgan ehtiyoj ushbu tashabbusni to‘liq amalga oshirishda muayyan qiyinchilik tug‘dirmoqda.

Deputat N. Baymuratova fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlari yaratish borasidagi sa’y-harakatlarni rag‘batlantirish muhimligini ta’kidlab, mazkur masalani belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda imkoniyat doirasida amaliy yordam ko‘rsatishni so‘radi.

Mazkur deputat so‘rovi hududda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, ularning daromad manbalarini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratishga ko‘maklashishga qaratilgan.

Tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash — aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish va hudud iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishning muhim omilidir. 

Slide 1 of 1