Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Geografik obyektlar nomlari davlat tilida me’yorlashtiriladi

 📌 Ma’lumki, geografik obyektlarning nomlari nafaqat hududni aniq belgilash, balki ularni rasmiy hujjatlar, xaritalar, axborot tizimlari va boshqa manbalarda bir xil shaklda qo‘llashda ham muhim ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan, obyektlar nomlarini amaldagi qonun hujjatlari
talablari asosida normallashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
 

🔹 Muhokama jarayonida tuman hududidagi ayrim geografik obyektlarning amalda qo‘llanilayotgan nomlari, ularning yozilish xususiyatlari hamda davlat tilida to‘g‘ri ifodalanishi bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqildi. 

🔹 Yig‘ilishda xalq deputatlari tuman Kengashining boshqa doimiy komissiyalari raislari, shuningdek, siyosiy partiyalarning tuman kengashlari raislari ham ishtirok etib, masala yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar. 

🔎 Shuningdek doimiy komissiya hamda Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zolari tomonidan taqdim etilgan materiallar o‘rganilib, geografik obyektlar nomlarini normallashtirishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi. 

🤝 Muhokamalar davomida masalaga bir tomonlama yondashmaslik, geografik obyektlarning nomlarini tarixiy, hududiy va til xususiyatlarini inobatga olgan holda, amaldagi qonunchilik talablari asosida tartibga keltirish muhimligi ta’kidlandi. 

📋 Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalani xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish maqsadga muvofiq deb topildi. Shu bilan birga, masala yuzasidan bildirilgan taklif va tavsiyalarni inobatga olgan holda doimiy komissiyaning tegishli
qarori qabul qilindi.
 

📌 Hudud nomlarining yagona va to‘g‘ri shaklda yuritilishi — davlat tiliga hurmat, hududiy aniqlik va rasmiy ma’lumotlarning bir xilligini ta’minlashning muhim omilidir. 

  ⬇️ Bizni kuzatishda davom eting! ⬇️ 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 2