Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
#munosabat

“Odil sudlov – 2030” — inson huquqlarining mustahkam kafolati

🌏O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Odil sudlov – 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi Farmoni mamlakatimizda sud-huquq islohotlarini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan muhim huquqiy hujjatdir. Mazkur Farmon 2026-yil 14-avgustda qabul qilingan bo‘lib, unda inson huquq va erkinliklarini sud orqali ishonchli himoya qilish, sudlarning mustaqilligi va ochiqligini yanada kuchaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilangan.

🌏Deputat sifatida ushbu Farmonni inson qadrini ulug‘lash, fuqarolarning adolatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam, deb hisoblayman. Ayniqsa, “xalqchil sud”, “adolat qo‘rg‘oni” va “kafolatlangan adolat” tamoyillarining ilgari surilgani sud tizimini xalq manfaatlariga yanada yaqinlashtirishga xizmat qiladi.

🌏Sudlarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, fuqarolarning odil sudlovga erishish imkoniyatlarini kengaytirish, sud qarorlarining qonuniyligi va asoslanganligini oshirish — huquqiy davlat barpo etishning muhim shartlaridir. Shu bois Farmonda belgilangan vazifalarning hududlarda ham izchil va samarali amalga oshirilishi, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish va qonun ustuvorligini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratish zarur.

🌏Ishonchim komilki, “Odil sudlov – 2030” strategiyasi sud tizimini yanada takomillashtirib, har bir fuqaroning o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qila oladigan, xalq ishonchini oqlaydigan adolatli sud tizimini shakllantirishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati B.Yusupov