Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Kengash_faoliyati
#haftalik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#KQ_35
#162_qonun

“Mahalla yettiligi” faoliyati — deputatlik nazoratida: “Farovon” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi

Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etish, “mahalla yettiligi” faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtirish hamda aholi muammolariga eng quyi bo‘g‘inda manzilli yechim topish — xalq vakillarining doimiy diqqat-markazida!

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 13-Farovon okrugidan saylangan deputat A.Pardayev hamda kengash bosh mutaxassisi E.Eshonqulov “Farovon” mahallasida bo‘lib, mahalla faollarining bugungi kundagi faoliyati yuzasidan mahalla faollari bilan uchrashdilar.

Mazkur o‘rganish jarayoni mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari doirasida tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–116-sonli Farmoni talablari asosida mahalla boshqaruvini takomillashtirish masalalari tahlil qilindi.

Suhbat davomida:

• “Mahalla yettiligi” a’zolarining o‘zaro hamkorligi;
• aholi murojaatlari bilan ishlash va muammolarni xonadonbay o‘rganish;
• mahalla hududidagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni aniqlash va hal etish;
• mahalla raisining muvofiqlashtiruvchi faoliyati;
• aholi bilan ochiq muloqot va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqot yakunida mahalla faollariga Prezidentning PF–116-sonli Farmonida belgilangan ustuvor vazifalarni samarali amalga oshirish, aholi bilan ishlashda shaffoflik va manzillilikni ta’minlash hamda kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli amaliy tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.
Slide 1 of 5