Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
**HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH — MUHIM VAZIFA**

HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH — MUHIM VAZIFA

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Oybibi Artiqova Qadriyat mahallasi profilaktika inspektori Otajon Nurimov bilan hamkorlikda hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda fuqarolar osoyishtaligini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

O‘rganish davomida mahallada profilaktik tadbirlarning tizimli yo‘lga qo‘yilgani, fuqarolar bilan manzilli va muntazam tushuntirish ishlari olib borilayotgani hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.

Quvonarlisi, o‘rganish natijalariga ko‘ra, so‘nggi besh yil davomida Qadriyat mahallasi hududida jinoyat sodir etilmagan. Mazkur ko‘rsatkich mahallada tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, profilaktik ishlarni samarali tashkil etish hamda fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasidagi sa’y-harakatlarning amaliy natijasidir.

Shuningdek, Qadriyat mahallasi “Yashil hudud” toifasiga kirishi hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning samaradorligini ko‘rsatadi.

Deputat Oybibi Artiqova hududdagi ijobiy tajribani yanada mustahkamlash, mahallada xavfsiz va sog‘lom muhitni saqlash, aholi bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni izchil davom ettirish muhimligini ta’kidladi.

Tinchlik va osoyishtalik — xalq farovonligi va barqaror taraqqiyotning muhim garovidir. 

Slide 1 of 1