Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUN IJROSINI TA’MINLASH — VATAN HIMOYASI VA YOSHLAR TARBIYASINING MUHIM OMILI
янв.21
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SESSIYA OLDI O‘RGANISHLARI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Pastki So‘loqli mahallasida aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Sog‘liqni saqlash sohasidagi holat sessiyaoldi o‘rganishlar doirasida o‘rganildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏥 AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI

📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 25-Tallashqon saylov okrugi deputati O. Tursunov hamda “Adolat” SDP Sherobod tumani Kengashi raisi Q. Allanazarov tomonidan deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida Sherobod tuman tibbiyot birlashmasida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi.

🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar dastlab deputatlar tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganiladi. Shu maqsadda tibbiyot birlashmasida aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish holati, mavjud imkoniyatlar, muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar o‘rganib chiqildi.

🩺 O‘rganish davomida 2026-yilning olti oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, III chorak uchun belgilangan rejalar, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik holati, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati hamda zamonaviy tibbiy texnologiyalardan foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

🔎 Shuningdek, aniqlangan muammolar va bildirilgan takliflar muhokama qilinib, ularni umumlashtirish hamda sessiya muhokamasi va tegishli qarorlarda aks ettirish uchun Kengash kotibiyatiga taqdim etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

🤝 Mazkur o‘rganish aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqishga qaratildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 5