35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik mаsаlаlаri bo‘yichа doimiy komissiya yig‘ilishi
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH TO‘G‘RISIDA"GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
"Maktabgacha ta’lim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan oʻrganish ishlari olib borildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHI HUZURIDAGI YOSHLAR MASLAHAT GURUHI BILAN YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
янв.21
Elektr ta’minoti muammolari o‘rganildi
янв.21
SOGʻLIQNI SAQLASH SOHASIDA QONUN IJROSI OʻRGANILMOQDA
янв.21
Manzilli o‘rganish
янв.21
Ziyokor mfyda “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosi oʻrganildi
Termiz tuman Nogironlar jamiyati faoliyati o‘rganildi

Termiz tuman Nogironlar jamiyati faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 5-Uchqizil saylov okrugi deputati Sh. Norsayev deputatlarga biriktirilgan tashkilotlar faoliyatini o‘rganish maqsadida Termiz tuman Nogironlar jamiyati faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida nogironligi bo‘lgan shaxslarga yaratilgan sharoitlar, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, murojaatlar bilan ishlash holati hamda mavjud muammolar o‘rganildi. Shuningdek, tashkilot faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan mas'ullar bilan fikr almashilib, tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Mazkur o‘rganishda O‘zbekiston Respublikasining "Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosiga ham alohida e'tibor qaratildi. Ushbu qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 22-iyulda qabul qilingan, Senat tomonidan esa 2020-yil 11-sentabrda ma'qullangan bo‘lib, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va erkinliklarini ta'minlash, ularga teng imkoniyatlar yaratish hamda ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Deputat tomonidan qonun ijrosining amaldagi holati deputatlik nazorati doirasida muntazam o‘rganib borilishi ta'kidlandi.

Slide 1 of 4