35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik mаsаlаlаri bo‘yichа doimiy komissiya yig‘ilishi
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH TO‘G‘RISIDA"GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
"Maktabgacha ta’lim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan oʻrganish ishlari olib borildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHI HUZURIDAGI YOSHLAR MASLAHAT GURUHI BILAN YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
янв.21
Elektr ta’minoti muammolari o‘rganildi
янв.21
SOGʻLIQNI SAQLASH SOHASIDA QONUN IJROSI OʻRGANILMOQDA
янв.21
Manzilli o‘rganish
янв.21
Ziyokor mfyda “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosi oʻrganildi
MATONAT MAHALLASIDA CHIQINDILARNI OLIB CHIQISH MASALASI O‘RGANILDI

O‘rganish davomida chiqindilarni to‘plash, olib chiqish va belgilangan tartibda utilizatsiya qilish holati ko‘zdan kechirilib, mavjud muammolar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Mazkur o‘rganish deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida amalga oshirilib, mahallada obodonlashtirish, sanitariya holati, ekologik tozalik, aholiga qulay yashash sharoitlarini yaratish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ushbu jarayon “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun, “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonun, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonun, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq amalga oshirildi.
Aniqlangan masalalarni bartaraf etish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, hududda sanitariya va ekologik tozalikni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

✅ Matonat mahallasida aholiga qulay va toza muhit yaratish, chiqindilar bilan bog‘liq masalalarni tizimli hal etish hamda sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3