35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik mаsаlаlаri bo‘yichа doimiy komissiya yig‘ilishi
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH TO‘G‘RISIDA"GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
"Maktabgacha ta’lim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan oʻrganish ishlari olib borildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHI HUZURIDAGI YOSHLAR MASLAHAT GURUHI BILAN YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
янв.21
Elektr ta’minoti muammolari o‘rganildi
янв.21
SOGʻLIQNI SAQLASH SOHASIDA QONUN IJROSI OʻRGANILMOQDA
янв.21
Manzilli o‘rganish
янв.21
Ziyokor mfyda “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosi oʻrganildi
XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYASI TOMONIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi Abulkasimova Dilnoza Ochilovna hamda doimiy komissiyaga biriktirilgan vakil, Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Mahammadieva Gulmira ishtirokida 17-Tepaqul saylov okrugida joylashgan Tepaqul mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

⚡️ O‘rganish jarayonida mahalla raisi D.Safarov tomonidan mahalla yettiligi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-445-son Qonuni ijrosini ta’minlash, fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish, ularni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

✍️Shuningdek, mahallada jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ro‘yxatga olish, ijro intizomini ta’minlash, murojaatlar bilan ishlashning elektron va yozma shakllari, sayyor qabullarni tashkil etish hamda aholi bilan ochiq muloqot olib borish holati o‘rganildi.

🔷O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, murojaatlarni ko‘rib chiqish samaradorligini yanada oshirish, ularning ijrosini qat’iy nazoratga olish va aholining davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligi ta’kidlandi.

✅️Mazkur o‘rganish natijalari bo‘yicha tegishli xulosa va takliflar tayyorlanib, doimiy komissiya tomonidan keyingi faoliyatda foydalanish uchun nazoratga olindi.

Slide 1 of 5