35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik mаsаlаlаri bo‘yichа doimiy komissiya yig‘ilishi
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH TO‘G‘RISIDA"GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
"Maktabgacha ta’lim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan oʻrganish ishlari olib borildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHI HUZURIDAGI YOSHLAR MASLAHAT GURUHI BILAN YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
янв.21
Elektr ta’minoti muammolari o‘rganildi
янв.21
SOGʻLIQNI SAQLASH SOHASIDA QONUN IJROSI OʻRGANILMOQDA
янв.21
Manzilli o‘rganish
янв.21
Ziyokor mfyda “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosi oʻrganildi
янв.21
Manzilli o‘rganish
Do‘stlik mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Oblanov hamda tuman Kengashi deputati N.Ziyadinov bilan hamkorlikda tumandagi 8-Ulus saylov okrugiga qarashli Do‘stlik mahallasida mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🔘Uchrashuv davomida mahallada mavjud ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholini qiynab kelayotgan muammolar, infratuzilma, ichki yo‘llar, elektr energiyasi, ichimlik suvi ta’minoti, obodonlashtirish, bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

🔘Mahalla yettiligi vakillari tomonidan hududdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirildi. Shuningdek, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mavjud muammolarni tizimli ravishda o‘rganish hamda ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

🔘Uchrashuv yakunida Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Oblanov tomonidan aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi. Jumladan, mavjud masalalarni bosqichma-bosqich hal etish, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, aholining murojaatlariga tezkor munosabat bildirish hamda mahallada ijtimoiy infratuzilmani yanada yaxshilash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar bildirildi.

🔘Mazkur uchrashuv mahalladagi mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflarni ishlab chiqish hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ishlarni yanada samarali tashkil etishga xizmat qildi. Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi tomonidan mahallalarda ochiq muloqotlar o‘tkazish va fuqarolarni qiynayotgan masalalarni hal etishga ko‘maklashish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 5