Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati G.Sharopova hamda Gʻijduvon tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Raxmatovalar tomonidan “Gulistonobod” mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati oʻrganildi.
🔹 Oʻrganish jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-sonli Farmoni 3-ilovasida belgilangan vazifalarning mahalla darajasidagi
ijrosi koʻzdan kechirildi.
🔹 Jumladan, mahalla yoshlar yetakchisi Gʻ.Obloyorov tomonidan yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini oʻrganish va belgilangan topshiriqlar ijrosini taʻminlash borasida samarali faoliyat olib borilayotgani taʻkidlandi.
🔹 Mahallada yoshlar “Ibrat akademiyasi”, “Ustoz AI”, “Mutolaa”, “UzChess” hamda “Qizlar akademiyasi” platformalariga faol jalb qilinib, xorijiy tillar, IT va shaxsiy
rivojlanish yoʻnalishlarida bilim olmoqda.
🔹 “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sport musobaqalari tashkil etilib, 1800 ga yaqin yosh qamrab olindi. Shuningdek, futbol, voleybol va stol tennisi boʻyicha muntazam tungi mashgʻulotlar oʻtkazib kelinmoqda.
🔹 Yoshlar bandligini taʼminlash maqsadida imtiyozli kreditlar ajratilib, tadbirkorlik va ish bilan bandlikka koʻmaklashilmoqda..
🔹 Mahallada yoshlar uchun kutubxona tashkil etildi hamda workout maydoni qayta taʻmirlanib,foydalanishga topshirildi.