"Amu sohillari" mahallasidagi o‘rganishlar davomida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, kotibiyat mudiri A.Ashurov hamda deputat G.Xudaykulova hududda yangi ish boshlagan “NODIRABEGIM” atelyesi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
⏺Ushbu atelye mahalla binosi bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda mahalladagi 2 nafar xotin-qizning doimiy bandligi ta’minlandi. Bu esa "mahallabay" ishlash tizimining xotin-qizlar bandligini oshirishdagi amaliy natijasidir.
💬 Atelyening eng e’tiborli jihati shundaki, bu yerda nafaqat kiyim-kechak tikiladi, balki ijtimoiy mas’uliyat ham unutilmagan. Tadbirkor tomonidan mahalladagi ehtiyojmand oilalar farzandlari va ayollar uchun bepul tikuvchilik kurslari tashkil etilgan. Bu tashabbus orqali ko‘plab xotin-qizlar hunar o‘rganib, kelgusida o‘z daromad manbaiga ega bo‘lish imkonini topmoqda.
✔️ Deputatlar atelye ish jarayoni va yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, tadbirkorning ijtimoiy tashabbusini yuqori baholadilar.
🔅Suhbat davomida tadbirkorga:
▶️ Ish faoliyatini yanada kengaytirish;
▶️ Zamonaviy dizayndagi mahsulotlar turini ko‘paytirish;
▶️ Kelgusida qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish orqali ko‘proq xotin-qizlarni jalb etish bo‘yicha zarur tavsiya va yo‘nalishlar berildi.
🫥 Maqsad Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi, ayniqsa ayollar bandligini ta’minlash va oilalar farovonligini oshirish.