Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Dusmurotov tomonidan Parchaqara MFYda rejalashtirilgan qurilish ishlari o‘rganildi.
Mazkur loyiha OSHP uchun 2 milliard 700 million so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgan bo‘lib, tenderda Oqdarolik quruvchi g‘olib deb topilgan.
Loyihaga muvofiq,50 o‘rinli, zamonaviy bino barpo etilishi kerak. Biroq, hozirgi vaqtda qurilish ishlari kechikmoqda. Buning asosiy sababi — GASIN tashkiloti tomonidan mavjud binolarni buzishga ruxsat berilmaganidir. Shuningdek, buzish ishlari tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lsa-da, bugungi kunga qadar ushbu ishlar bajarilmagan. Natijada quruvchi tashkilot qurilish ishlarini boshlay olmayapti.
Deputat tomonidan ushbu muammo o‘rganilib, tashkilotga tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish yuzasidan topshiriq berildi. Qurilish ishlarini tezlashtirish va belgilangan muddatlarda yakunlash masalasi deputat nazoratiga olindi.