Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

CHINOZ TUMANI. Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi beshinchi sessiyasi

 Joriy yilning 20-yanvar kuni yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi beshinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. 

Sessiya ishida tuman Kengashiga saylangan deputatlar, tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining oʻrinbosarlari, xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati xodimlari shuningdek, tumandagi tegishli boʻlim va tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. 

Sessiyaga Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sherzod Salixov raislik qildi. 

Sessiya kotibligiga 5-Paxtaobod saylov okrugidan saylangan deputat Axmedova Surayyo saylanadi. 

Sessiya ishida kun tartibiga kiritilgan quyidagi masalalar koʻrib chiqildi. 

1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-iyuldagi "2024-2025 yillarda Toshkent viloyatining Chinoz tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 435/25-sonli qarorining ijrosi toʻgʻrisida. 

2. Chinoz tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida. 

3. Chinoz tumani prokurorining 2024-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti haqida. 

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi Xalq qabulxonasi mudirining 2024-yil yakuni boʻyicha tumanidagi davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati toʻgʻrisidagi axboroti haqida. 

5. Chinoz tumani Ichki ishlar boʻlimi boshligʻining huquqbuzarliklarni oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisida,
shuningdek jamoat xavfsizligi toʻgʻrisida 2024-yilning 12 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisoboti haqida. 

6. 2024-yil yakuni boʻyicha Chinoz tumanidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni
qoʻllash amaliyotining holati toʻgʻrisida Chinoz tumani Adliya boʻlimi boshligʻining axboroti haqida. 

7. Chinoz tumani maʼmuriy-hududiy chegarasini belgilash boʻyicha amalga oshirilgan ishlarining yakuniy natijalarini tasdiqlash
toʻgʻrisida. 

8. Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi, doimiy komissiyalari hamda Kengash kotibiyatining 2025-yilga moʻljallangan ish
rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida. 

9. Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining 2024-yil 13-fevraldagi VI-78-21-10-144-K/24-sonli qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida. 

10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi "Hududlarni rivojlantirish hamda aholi
muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning "mahalla yettiligi" bilan oʻzaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi KQ-35-V sonli Qarorining ijrosini taʼminlash
toʻgʻrisida. 

11. Chinoz tumani hokimining 2025-yil 15-yanvardagi 17-10-144-Q/25-sonli qarorini tasdiqlash toʻgʻrisidagi va boshqa masalalar
koʻrib chiqildi. 

Sessiya kun tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlar Abduvoxid Turdiboyev, Farxod Ibragimov, Elyorjon Saidov, Surayyo Axmedova soʻzga chiqib, oʻzlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdilar. 

Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. 

   

Slide 1 of 9