Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputatlar tuman dehqon bozorida o‘rganish ishlarini olib bordilar.

Deputatlar tuman dehqon bozorida o‘rganish ishlarini olib bordilar.

Joriy yilning 19-noyabr kuni Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputalari tuman dehqon bozorida oziq-ovqat, poliz va sabzavot mahsulotlarining sotuvdagi narxi va saqlanishi bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib bordilar.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, bozor qoshida tashkil etilgan savdo yarmarkasida paxta yog‘ining 1 litri 12 000 so‘m, shakar 13000 so‘m, parranda (tovuq) tuxumi 800-1000, kartoshka 3500 so‘mdan savdoga chiqarilganligi, bozordagi tijorat do‘konlarida paxta yog‘ining 1 litri 13 000 so‘mdan, shakar 14 000 so‘mdan, kartoshka 3500-5000 so‘mdan, piyoz 2 000-3 000 so‘mdan sotilayotganligi, dehqon bozori qoshida tashkil etilgan savdo shaxobchasida 1 kg mol go‘shti 65.000 so‘mdan, qo‘y go‘shti 68 000 so‘mdan, go‘sht do‘konlarida 80.000-85.000 so‘mdan sotilayotganligi aniqlangan.

O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan deputatlar bozor rahbariyatiga kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdilar.

Slide 1 of 4