Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Халқ депутатлари Сайхунобод туман Кенгаши
янв.21
Халқ депутатлари Сайхунобод туман Кенгаши
янв.21
Халқ депутатлари Сайхунобод туман Кенгаши
янв.21
Халқ депутатлари Сайхунобод туман Кенгаши
янв.21
Халқ депутатлари Сайхунобод туман Кенгаши
янв.21
Халқ депутатлари Сайхунобод туман Кенгаши
янв.21
Халқ депутатлари Сайхунобод туман Кенгаши
янв.21
Халқ депутатлари Сайхунобод туман Кенгаши
янв.21
Xalq deputatlari Sayxunobod tuman Kengashi
янв.21
Халқ депутатлари Сайхунобод туман Кенгаши
DOIMIY KOMISSIYA YIGʻILISHIDA BIR QATOR MASALALAR MUHOKAMA QILINDI.

Yigʼilishda, doimiy komissiya aʼzolari, “Buxoro suv taʼminoti” AJ tuman filiali mutasaddilari, tuman iqtisodiyot va moliya boʼlimi vakillari ishtirok etishdi.

Tumanda jami 18099 ta isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatilib, shundan, 305 ta abonentlar ulgurji isteʼmolchilar hamda 17794 ta aholi isteʼmolchilar hisoblanadi, yaʼni 30671 ta aholi xonadonlarining 58,1 foizi markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlangan.

Tumanimizdagi 44 ta mahallaning 19 tasi toʻliq, 18 ta mahallaning 60 foizidan koʻproq aholisi markazlashgan toza ichimlik suvi bilan taʼminlangan. Bugungi kunda tumanimiz aholisining 1 foizga yaqini esa oqova xizmati bilan taʼminlangan.

Tumandagi 7 ta mahalla (“Changaron”, “Soʻfidehqon”, “Koʻlxatib”, “Shanba”, “Teraklik”, “Mirvoshi”, “Gʻaribshoh” MFY) da yashovchi aholimizga maxsus tashuvchi shaxsiy transport vositalari orqali tashish yoʻli bilan ichimlik suvi yetkazib beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-sentyabrdagi 5246-sonli “Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Islom taraqqiyot banki (ITB) va OPEK jamgʻarma mablagʻlari hisobidan 8 ta (“Shanba”, “Koʻlxatib”, “Xoʻjarabod”, “Gʻaribshox”, “Xajuvon”, “Nayman”, “Soʻfideqon” va “Mirvoshi” mahallalari) mahallalarda 2025-yil davomida qishloq aholisini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida jami 33,2 mlrd.soʻmga 90 km suv tarmoqlari tortish va 1 ta suv inshooti qurish belgilangan boʻlib, hozirgi kunda loyiha-smeta hujjatlarini rasmiylashtirilib ekspertizadan oʻtkazilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-avgustdagi “Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki ishtirokida “Buxoro viloyatining suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish (2-bosqich)» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 266-sonli qaroriga asosan 2-fazada tumanimizdagi 44 ta mahalla fuqarolar yigʻinidagi mavjud qishloq aholi punktlarida 274,3 km ichimlik suv quvurlari tortilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, 266-sonli qarorga asosan loyihaning (dastlabki hisob-kitoblar boʻyicha) qiymati 13,4 mln AQSH dollar boʻlib, tuman markazida 97,9 km bosimli va oʻzi oqar oqova suv tarmoqlari, 150 km aholi xonadonlariga ulash uchun oqova suv tarmoqlari, 10 ta oqova suv nasos stansiyasi, 1 ta quvvati 4500m3/sut oqova suv tozalash inshooti qurilishi rejalashtirilgan boʻlib, bugungi kunda loyiha-smeta hujjatlarini rasmiylashtirish ishlari boshlangan.

Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan chora-tadbirlar bajarilishi natijasida tuman aholisining ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasi 100 foizga hamda tuman markazidagi 9 ta mahallada istiqomat qiluvchi 30 mingdan ziyod aholisi ilk bor markazlashgan oqova suv tarmogʻiga ulanadi va koʻp qavatli uy-joylar massivlari toʻliq oqova xizmatlari bilan qamrab olinishiga erishiladi.

Shuningdek, Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-apreldagi “Tuman va shahar byudjetlarini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yoʻnaltirish jarayonlarida fuqarolarning ishtirokini yanada qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi PQ-197-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi yildagi KQ-666-IV-sonli qarorlarinng ijrosini taʼminlash maqsadida 1-chorak yakunlari boʻyicha qadar “Fuqarolar tashabbusli jamgʻarmasiga” jami 5948.1 mln soʻm mablagʻ shakllantirilgan. Jumladan,

 “Fuqarolar tashabbusli jamgʻarmasi”ga yil boshiga 666.1 mln soʻm qoldiq mablagʻlar tashkil etmoqda, shuningdek Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13 apreldagi PQ-5072-sonli qaroriga asosan tumaning 2025-yilgi tasdiqlangan mahalliy byudjet xarajatlarining kamida 5 foizi etib belgilangan boʻlib, xozirda ushbu mablagʻlar hisobidan jami 3206.6 mln soʻm, tumaning yil boshidagi erkin qoldiqlarning 30% yani 931.0 mln soʻm, hamda 2024-yilgi mavsumda gʻolib loyihalardan iqtisod qilingan mablagʻlarning qaytarilishi xisobidan 1144.4 mln soʻm xozirda Jamgʻarmada jami 1 chorak davomida 5948.1 mln mln soʻmlik mablagʻlar shakllantirildi yoʻnaltirildi. Bundan tashqari Tashabbusli byudjet jarayonlarining 2025-yilgi 1-mavsumi doirasida gʻolib deb topilgan 11 ta loyihalarni amalga oshirsh maqsadida buyurtmachi tashkilotlarga tegishli tartibda hisob raqamlari ochib berilib hamda loyihalarga mablagʻlar yoʻnaltirilib kelinmoqda.

Yigʻilishda Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot yili” davlat dasturida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan Vobkent tumanida belgilangan amaliy tadbirlar rejasining ijrosi boʻyicha 2025-yil I chorak davomida amalga oshirilgan ishlar ham muhokama qilindi.

Mazkur masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan bir qator fikr-mulohazalari hamda takliflarini bildirib oʻtishdi. Mazkur masalalar tuman Kengashining navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi belgilangan. 

Slide 1 of 5