Hisobotda hududda fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar va mavjud muammolar yuzasidan qilingan deputatlik soʻrovlari natijasi, tuman dasturlarida hududda belgilangan vazifalar hamda amalga oshirilgan ishlar yetkazildi. Uchrashuv davomida fuqarolarda mavjud 6 tadan ortiq murojaatlar qabul qilindi. Murojaatlarda yoʻlarni taʼmirlash, elektr sim yogʻochlar oʻrnatish, tungi chiroqlar oʻrnatish, ijtimoiy himoya masalalari qabul qilinib, ijrosi yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Deputatlarning saylovchilarga faoliyati yuzasidan hisobot berish jarayonlari tuman mahallarida davom etmoqda.