Xalq deputatlari Bekobod tuman kengashi deputati Dusmatova Nodira Zairkulovna Xos mahallasida joylashgan 22-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo'lib, uning faoliyati haqida ma'lumot oldi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 4 ta guruh va unda 116 nafar tarbiyalanuvchi mavjud bo'lib, ularga 5 nafar tarbiyachi (3 nafar-oliy, 2 nafar o'rta mahsus ma'lumlotli) ta'lim-tarbiya berib kelmoqda.
22-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 1977- yil qurilgan va 2017-yil joriy ta'mirlangan.
Bolalar yozgi dam olish zonasi umuman yaroqsiz holga kelgan. Bog'cha atrofi o'ralmagan.Bundan tashqari Xos mahallasida yana 6 ta oilaviy va 1 ta xususiy bog'cha faoliyat yuritadi. Ulardagi jami tarbiyalanuvchilar soni 400 nafardan ortiq.
Shunda Xos mahallasida maktabgacha yoshdagi bolalar qamrovi 50 % ni tashkil etadi.