Xuddi shunday uchrashuvlar bugun "Ma'naviyat" hamda "Ijodkor" mahallalarida "mahalla yettiligi" bilan bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda 02-Ijodkor saylov okrugidan saylangan deputat Alibek Amanlikov, tuman hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i hamda mahalla yettiliklari ishtirok etdi. Unda ajrim yoqasiga kelgan oilalarni qabul qilib yarashtirish ishlari olib borildi.
O‘tkazilgan uchrashuvlardan so‘ng deputat mahallalarda istiqomat qiluvchi aholi xonadonlariga tashrif buyurib muammo va takliflari o‘rganildi. Shuningdek yoshi ulug‘ onaxonlarni 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar bayrami kuni bilan tabriklab esdalik sovg‘alari ulashdi.