35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

❗️Deputat murojaat asosida joyiga chiqib o‘rganish olib bordi

📌 Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati "Adolat" SDP a'zosi Sharipov Alisher Eduarovich "Go‘zal" mahallasi raisi hamda 23-sonli umumta’lim maktabi direktori murojaatiga asosan hududga chiqib, vaziyatni joyida o‘rgandi.

📝 O‘rganish davomida maktab hududidagi qurigan daraxtlarning holati ko‘zdan kechirildi. Aniqlanishicha, ayrim daraxt shoxlari elektr uzatish tarmoqlariga ta’sir ko‘rsatishi hamda kuchli shamol yoki noqulay ob-havo sharoitida xavfsizlikka xavf tug‘dirishi mumkin.

✅ Shu munosabat bilan mas’ul tashkilotlar ishtirokida qurigan daraxtlarni amaldagi tartib asosida xatlovdan o‘tkazish va belgilangan tartibda olib tashlash yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish masalasi muhokama qilindi.

🔰 Aholi va ta’lim muassasalari xavfsizligini ta’minlash, hududlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf omillarini o‘z vaqtida bartaraf etishga qaratilgan ishlar deputatning doimiy e’tiborida.

Slide 1 of 1