35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

⚡️ Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Zikiryayev tashabbusi bilan ko‘chalarni obodonlashtirish ishlari jadal olib borilmoqda

⚡️ Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Zikiryayev tashabbusi bilan ko‘chalarni obodonlashtirish ishlari jadal olib borilmoqda

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Zikiryayev tashabbusi bilan Oqtosh mahalla hududida ko‘chalar va jamoat joylari tartibga keltirilib, tozalik ishlari olib borilmoqda, ariq-zovurlar tozalanib, yashil hududlar parvarish qilinmoqda. Ushbu ezgu sa’y-harakatlar mahalla qiyofasini yanada obod va ko‘rkam etish, aholi uchun qulay hamda fayzli yashash muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.
Hamkorlikdagi tadbirlar davomida ichki ko‘chalar, piyodalar yo‘lakchalari tartibga keltirilmoqda.
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Zikiryayev va tegishli mas’ullar aholi yashash joylarining ekologik holatini yaxshilash hamda obodlikni saqlash yuzasidan hududiy monitoring ishlarini doimiy muvofiqlashtirib bormoqda.

Slide 1 of 4