Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Халқ депутатлари Сайхунобод туман Кенгаши
янв.21
Халқ депутатлари Сайхунобод туман Кенгаши
янв.21
Xalq deputatlari Sayxunobod tuman

Deputatlar okruglaridagi mahalla yettiligi bilan uchrashuvi

Ariq boʻyi mahalla fuqarolar yigʻini faollari hamda mahalla “yettiligi” vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Mazkur muloqotda viloyat Kengashi deputati SH. Ermatov, shuningdek, shahar Kengashi deputatlari M. Mirzayev va M. Mirzayev ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aholini qiynayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar atroflicha muhokama qilindi. 

Ayniqsa, obodonlashtirish, ijtimoiy himoya, yoshlar bandligi va huquqbuzarliklarning oldini olish kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.

Deputatlar mahalla faollari bilan yaqindan suhbatlashib, ularning fikr va mulohazalarini tingladilar. Mahalla tizimidagi hamjihatlik, aholi muammolarini oʻz vaqtida aniqlash va tegishli idoralar bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari yuzasidan amaliy takliflar bildirildi.

Shuningdek, aholi murojaatlari asosida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumot berilib, kelgusida ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 4