Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi yigirma ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Sessiya ishida 2026-yilda tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi to‘g‘risida;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-apreldagi “Mehnat migrasiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining tumanda ijrosini taʼminlash yuzasidan 2025-yilning uchinchi choragi mobaynida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Sessiyada ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.