Qishloq ayollari kuni munosabati bilan paxta dalasida ezgu qadriyatlar ulug‘landi
Sana munosabati bilan "Konimex Sarjal Qusay" MCHJga qarashli paxta dalasida o‘tkazilgan tadbir barchaning qalbiga iliqlik bag‘ishladi. Bu yerda terim mavsumining qizg‘in pallasi bo‘lishiga qaramay, ish jarayoni bayramga ulanib ketdi.
O'zbekiston Ekologik partiyasi tuman Kengashi raisi hamda Xalq deputatlari Konimex tuman Kengashi deputati B.Kushkarbekov hamda R.Muratovalar tadbirda ishtirok etib, bayram munosabati bilan dala mehnatkorlarini samimiy tabrikladi.
Tadbir davomida faol va namunali mehnat qilayotgan bir guruh xotin-qizlar, terimda yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan terimchilar partiya tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Mazkur tadbir nafaqat ayollarga hurmat ko‘rsatish, balki ularni rag‘batlantirish, dalada mehnat qilayotgan opa-singillarimizga yanada ko‘proq e’tibor qaratish borasidagi yuksak e’tirof bo‘ldi.