Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashi deputati S.D.Boboyorova va Oʻzbekiston "Adolat" SDP Zarafshon shahar Kengashi raisi B.Tursunovalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021- yil
22-iyulda roʻyxatga olingan " Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarida oʻquvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari" bajarilish holati shahardagi 13 va 14 maktablarda oʻrganildi. Oʻrganish davomida ikkala maktab oshxonalarida va maktab atrofida mavjud boʻlgan savdo shahobchalarida "Xot-dog, lavash, gamburger, energetik ichimliklar kabi mahsulotlar savdoda bor yoʻqligi oʻrganildi. Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.