Amudaryo tumanidagi 30-Mang‘it saylov okrugidan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati Baymuratov Quvonchboy o‘z saylovchilari bilan uchrashdi. Deputat bilan uchrashuv tadbirida xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati O‘zLiDeP Amudaryo tuman Kengashi apparati rahbari Yaxshimurod Ahmedov mahallalari mas’ullari va saylovchilari ishtirok etishdi. Uchrashuvda deputatlar faoliyati bo`yicha axborot va aholi murojaatlari tinglandi.