Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida tibbiyot sohasidagi islohotlarning navbatdagi bosqichida turgan ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida “Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar” dasturi boshlanishi e’lon qilindi.
Ushbu dastur bo‘yicha Muzrabot tumanida ham bir qancha amaliy ishlar bajarildi. Dasturga asosan xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyat mudiri, deputat Sherboyev Dilmurod tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli muassasalar va tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bajarilgan ishlar bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi.