Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashining navbatdagi VII chaqiriq 13-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada shahar hayoti uchun dolzarb bo‘lgan 2 ta masala muhokama qilindi. 2025-yil shahar mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan ajratilgan mablag‘larni qayta taqsimlash va o‘zgartirish kiritish masalasi orqali moliyaviy samaradorlikni oshirish va muhim yo‘nalishlarga mablag‘ yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.
"Mening bog‘im" loyihasini amalga oshirish va uni moliyalashtirish masalasi orqali shaharimizda yashil hududlarni ko‘paytirish, ekologik muhitni yaxshilash hamda aholi uchun dam olish maskanlarini yaratishni maqsad qilingan. Sessiyada qabul qilingan qarorlar orqali shahar infratuzilmasi va aholi farovonligiga xizmat qiluvchi muhim qadamlar belgilandi.