Bugun Amudaryo tumani Bobur nomli ovul fuqarolar yig‘inida mahalla fuqarolar yig'ini raisi saylovi bo'lib o'tdi. Aholi mahalla raisligiga nomzodlar Kazakbayev Baxtiyor Urazbayevich, Sa’dullayev Muzaffar Payzullayevich va Shukurillayev Davronbek Saparboyevichlarning maqsadli rejalari bilan tanishib o'zlari munosib deb bilgan nomzodga ovoz berishdi. Saylov natijalariga ko'ra, Bobur nomli ovul fuqarolar yig‘ini raisi lavozimiga Shukurillayev Davronbek Saparboyevich 5 yil muddatga saylanadi.
Saylov jarayonida xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 18- Zahiriddin Muhammad Bobur saylov okrugidan deputat Rayimova Gulbahor Jangabayevna faol ishtirok etdi hamda saylov jarayonining qonuniylik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etilganini bevosita kuzatdi.