Deputat har sohada faol!
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Narchayev Kenes Sadiyevich tomonidan tumandagi Shalxar ovul fuqarolar yig‘inida joylashgan 12-maktabga tashrif buyurib, o‘quvchi yoshlar bilan suhbat olib bordi va maktabda o‘quvchilarga yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.
Bugun davlatimizda yosh avlodga berilayotgan imkoniyatlarni yurtimizning har bir burchagida o‘z ifodasini topayotganlini ko‘ryapmiz.
Ovulda joylashgan maktab bo‘lishiga qaramasdan o‘quvchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Shuningdek bunday imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligi yoshlar bilan suhbat jarayonida deputat tomonidan aytib o‘tildi.