Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Maktabimga kitob sovg'a qilaman"
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi yanada takomillashtiriladi.
янв.21
"Boylikni bolalikdan asrang" respublika ijodiy ishlar tanlovi g‘olibi taqdirlandi
янв.21
“To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish!
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish !
янв.21
Fuqarolar qabuli boʻlib oʻtdi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-sonli qarorining tumanda ijrosi to‘g‘risida
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish
янв.21
Fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi
Ishtixon tumanidagi 6-son oilaviy poliklinikada ochiq muloqot tashkil etildi

Joriy yilning aprel oyida Ishtixon tumanidagi “Nurli Diyor” 6-son oilaviy poliklinikasida Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari ishtirokida ochiq muloqot tarzidagi uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir davomida tibbiyot muassasasining kundalik faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, mavjud muammolar hamda sog‘liqni saqlash tizimida korrupsiyaning oldini olish borasidagi chora-tadbirlar atroflicha muhokama qilindi.

Deputatlar joylarga chiqqan holda, tibbiyot xodimlarining mehnat sharoitlari, bemorlar bilan ishlash jarayoni va murojaatlar asosida yuzaga kelayotgan holatlarni o‘rgandilar. Tibbiyot xodimlarining fikr va takliflari tinglanib, ularni amaliyotda hisobga olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bunday uchrashuvlar tizimli ravishda o‘tkazilishi, xalq bilan ochiq aloqani mustahkamlashda muhim vosita ekanligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5