Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#_Kengash_raisi_faoliayti #_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
#_kotibiyat_mudiri_faoliayti #_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_okrugdagi_o'rganish #_kotibiyat_xodimi_faoliyati Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: elektr ta’minoti holati o‘rganildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Ustozlar — yurt e’zozi va ta’lim taraqqiyoti tayanchi
янв.21
#_yoshlar_masalaht_guruhi_faoliyati #_doimiy_komissiya_faoliyati
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala “Ma’rifat karvoni” — ma’naviyat va ma’rifat sari ezgu qadam
янв.21
#_Kengash_faoliayti Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_ish_reja_ijrosi #_kotibiyat_xodimi_faoliyati #_Biriktirlgan_tashkilot_faoliyati_tahlili Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi deputatlar nazoratida
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_okrugdagi_o'rganish Shohjahon mahallasida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish bo‘yicha xatlov jarayonlarining haqqoniyligi joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_okrugdagi_o'rganish #_kotibiyat_xodimi_faoliyati Aholi murojaatlari — deputat nazoratida
янв.21
#_deputat_faoliyati Sariosiyoda zamonaviy texnikalar yordamida paxta terimi jadallik bilan davom etmoqda
#haftalik_ish_reja_ijrosi #biriktirilgan_tashkilot #kotibiyat_xodimi_faoliyati Termiz shahrida yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar tahlil qilindi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlariga biriktirilgan shahar tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish, qonun hujjatlari va davlat dasturlari ijrosini joylarda o‘rganish hamda deputatlik nazoratini samarali tashkil etish yuzasidan amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati G.Tangirova, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, shahar Kengashi deputati X.Xolmuminov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Termiz shahar bo‘limida yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
O‘rganish davomida Termiz shahrida mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarni, jumladan, maktab, texnikum va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini, shuningdek, mehnat migratsiyasidan qaytgan hamda ishsiz yoshlarni bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, yoshlarni doimiy ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun imtiyozli kreditlar ajratish, ularga ekin yer maydonlari biriktirish, o‘zini o‘zi band qilishi uchun zarur asbob-uskunalar bilan ta’minlash, tartibli mehnat migratsiyasiga yuborish, kasb-hunarga o‘qitish hamda ta’limning keyingi bosqichiga yo‘naltirish kabi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Tahlil natijalariga ko‘ra, mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning qiziqishi va salohiyatidan kelib chiqib bandligini ta’minlash, ayniqsa, ishsiz yoshlarni doimiy daromad manbaiga ega qilish bo‘yicha mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, ularga kredit mablag‘laridan foydalanishda amaliy ko‘mak ko‘rsatish, o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlarini kengaytirish, kasb-hunarga o‘qitish orqali mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklarga yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun: shahar miqyosida mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarning jami 2 089 nafari maktab, 1 085 nafari texnikum, 1 483 nafari oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari, 158 nafari mehnat migratsiyasidan qaytgan yoshlar hamda 295 nafari ishsiz yoshlarni tashkil etadi.

Ularni bandligini ta’minlash doirasida 105 nafar yosh doimiy ishga joylashtirilgan, 48 nafariga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun kredit ajratilgan, 37 nafariga ekin yer maydoni biriktirilgan, 94 nafariga o‘zini o‘zi band qilish uchun asbob-uskunalar ajratilgan, 13 nafari tartibli mehnat migratsiyasiga yuborilgan, 200 nafari kasb-hunarga o‘qitilgan, shuningdek, 916 nafar yosh ta’limning keyingi bosqichiga qabul qilingan.

Umuman, mazkur yo‘nalishdagi ishlarning ijrosi 52 foizni tashkil etmoqda.

O‘rganish davomida yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichlarni to‘liq bajarish, har bir yosh bilan individual ishlash, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va tadbirkorlik imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda aniqlangan muammolarni joyida bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi Termiz shahar bo‘limi rahbari F.Xalmuratov bilan bo‘limning bugungi faoliyati, qonun hujjatlari ijrosi, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, «Yoshlar daftari» bilan ishlash, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham muhokama qilindi.

Mazkur nazorat-tahlil tadbirlari yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning bandligini ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish, davlat dasturlari ijrosini kuchaytirish hamda deputatlik nazoratining ta’sirchanligini oshirishga qaratilgan.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan biriktirilgan tashkilotlarda qonun hujjatlari va Kengash qarorlari ijrosini o‘rganish, davlat dasturlari samaradorligini tahlil qilish hamda aniqlangan muammolarni joyida bartaraf etishga qaratilgan nazorat tadbirlari izchil davom ettiriladi.