Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#_Kengash_raisi_faoliayti #_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
#_kotibiyat_mudiri_faoliayti #_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_okrugdagi_o'rganish #_kotibiyat_xodimi_faoliyati Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: elektr ta’minoti holati o‘rganildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Ustozlar — yurt e’zozi va ta’lim taraqqiyoti tayanchi
янв.21
#_yoshlar_masalaht_guruhi_faoliyati #_doimiy_komissiya_faoliyati
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala “Ma’rifat karvoni” — ma’naviyat va ma’rifat sari ezgu qadam
янв.21
#_Kengash_faoliayti Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_ish_reja_ijrosi #_kotibiyat_xodimi_faoliyati #_Biriktirlgan_tashkilot_faoliyati_tahlili Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi deputatlar nazoratida
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_okrugdagi_o'rganish Shohjahon mahallasida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish bo‘yicha xatlov jarayonlarining haqqoniyligi joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_okrugdagi_o'rganish #_kotibiyat_xodimi_faoliyati Aholi murojaatlari — deputat nazoratida
янв.21
#_deputat_faoliyati Sariosiyoda zamonaviy texnikalar yordamida paxta terimi jadallik bilan davom etmoqda
OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI VA MUNOSIB ISH O‘RINLARI – BARCHAMIZNING BOSH MAQSADIMIZ

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifi, xususan, “Kegeyli baraka naslli parranda” korxonasi faoliyati bilan tanishuvi biz, xalq vakillari, qolaversa, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi faollari uchun g‘oyat ahamiyatli va quvonchli voqea bo‘ldi.

“Adolat” SDPning asosiy maqsadlaridan biri – aholi bandligini ta’minlash, munosib va yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratish, shuningdek, yurtimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash orqali xalqimizning ijtimoiy farovonligini yuksaltirishdir. Kegeyli tumanida ishga tushirilgan mazkur yirik majmua faoliyati partiyamizning ana shu ustuvor g‘oyalariga to‘la hamohangdir.

Birinchidan, loyihaning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati beqiyos. Umumiy qiymati 7,8 million dollar bo‘lgan va 21 gektar maydonni egallagan ushbu korxona ishga tushishi natijasida 70 nafar mahalliy aholi doimiy ish oʻrniga ega boʻlgani bu hududda shuncha xonadonga qut-baraka kirdi, deganidir. Korxonaning tuman budjetiga 4,8 milliard soʻm tushum keltirayotgani esa mahalliy infratuzilmani rivojlantirishga qo‘shilgan ulkan hissadir.

Ikkinchidan, hududning oziq-ovqat mustaqilligi ta'minlanmoqda. Ilgari Qoraqalpogʻistonga tovuq va tuxum mahsulotlari mamlakatimizning boshqa hududlaridan keltirilgan bo‘lsa, endilikda bu ehtiyoj o‘zimizda qondirilmoqda. Yiliga 27,5 million dona inkubatsion tuxum yetishtirilishi va majmuaning o‘zida sutkasiga 100 tonna yem ishlab chiqarish quvvatiga ega zavod qurilgani jarayonlarning to‘liq va uzluksiz zanjirini yaratgan. Bu sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan xalqimiz dasturxonini boyitish kafolatidir.

Uchinchidan, eksport salohiyati va kelajakdagi istiqbollar. Korxona qisqa fursatda nafaqat ichki bozorni ta'minlab, balki Afgʻonistonga 1,1 million dollarlik mahsulot eksport qilishga ulgurgani tahsinga sazovor. Yil yakuniga qadar yana 8,5 gektar maydonda qiymati 5 million dollarlik yangi fabrikaning ishga tushirilishi va yangi ish o‘rinlari yaratilishi hudud iqtisodiyoti uchun qo‘shimcha drayver bo‘ladi.

Prezidentimizning bunday majmualar kelgusida yirik parrandachilik xoldinglariga aylanib, yuqori maoshli ish o‘rinlarini yaratishi kerakligi haqidagi ko‘rsatmalari biz, mahalliy Kengash deputatlari zimmasiga ham katta mas'uliyat yuklaydi. Qo‘shni Kegeyli tumanidagi bunday ijobiy va yuksak natijali tajribani Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashidagi faoliyatimiz davomida o‘rganishimiz, o‘z hududimizda ham shunday innovatsion va eksportbop loyihalarni ko‘paytirish bo‘yicha tadbirkorlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashimiz zarur.

Biz, “Adolat” SDP deputatlari, yurtimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, aholini ish bilan qamrab olish va iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishga qaratilgan bu kabi ezgu islohotlarni har doim qo‘llab-quvvatlaymiz hamda ularning ijrosini ta'minlashda xalq xizmatida bo‘lishdan charchamaymiz.

Muzaffar YESHCHANOV,
“Adolat” SDP dan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati