Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#_Kengash_raisi_faoliayti #_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
#_kotibiyat_mudiri_faoliayti #_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_okrugdagi_o'rganish #_kotibiyat_xodimi_faoliyati Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: elektr ta’minoti holati o‘rganildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Ustozlar — yurt e’zozi va ta’lim taraqqiyoti tayanchi
янв.21
#_yoshlar_masalaht_guruhi_faoliyati #_doimiy_komissiya_faoliyati
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala “Ma’rifat karvoni” — ma’naviyat va ma’rifat sari ezgu qadam
янв.21
#_Kengash_faoliayti Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_ish_reja_ijrosi #_kotibiyat_xodimi_faoliyati #_Biriktirlgan_tashkilot_faoliyati_tahlili Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi deputatlar nazoratida
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_okrugdagi_o'rganish Shohjahon mahallasida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish bo‘yicha xatlov jarayonlarining haqqoniyligi joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_okrugdagi_o'rganish #_kotibiyat_xodimi_faoliyati Aholi murojaatlari — deputat nazoratida
янв.21
#_deputat_faoliyati Sariosiyoda zamonaviy texnikalar yordamida paxta terimi jadallik bilan davom etmoqda
DEPUTATINING MUNOSABATI: INSON KAPITALIGA INVESTITSIYA – HUDUDLAR VA ATROF-MUHIT BARQARORLIGINING GAROVI

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati Ibragimov Jetkerbay Urazbayevich Prezident Shavkat Mirziyoyevning Nukus shahridagi 1-son texnikum faoliyati bilan tanishishi hamda kasbiy ta’limda joriy etilayotgan xalqaro tajribalar yuzasidan o‘z ijobiy munosabatini bildirdi:

"Davlatimiz rahbarining Nukus shahridagi 1-son texnikumga tashrifi hamda kasbiy ta’lim tizimida Birlashgan Qirollikning ‘Pearson BTEC’ xalqaro dasturini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari Qoraqalpog‘iston va butun Orolbo‘yi hududida inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan ulkan va tarixiy qadamdir.

Bugungi kunda barqaror rivojlanish va ekologik muvozanatni saqlash bevosita raqamli texnologiyalarni puxta egallagan, zamonaviy ustaxonalarda amaliy ko‘nikma hosil qilgan, ekologik va texnik xavfsizlik standartlariga javob beradigan malakali kadrlarga bog‘liq. Pearson BTEC dasturining aynan Qoraqalpog‘istonda ilk bor joriy etilishi yoshlarimiz uchun dunyo eshiklarini ochib beradi.

Partiyamiz va deputatlik korpusimiz nomidan ushbu tashabbusning quyidagi muhim jihatlarini alohida e’tirof etamiz:
Atrof-muhit va xavfsiz texnologiyalar integralatsiyasi: 11,9 milliard so‘m evaziga barpo etilgan zamonaviy raqamli laboratoriyalar va ustaxonalar yoshlarga nafaqat texnik bilim, balki energiya tejamkor hamda tabiatga zararsiz ish usullarini o‘rgatishga xizmat qiladi.

Yashil iqtisodiyot va bandlik muvozanati: Hududimizda barpo etilayotgan 40 million dollarlik sanoat zonasi uchun mahalliy va malakali kadrlar aynan shu yerda tayyorlanishi atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytiradigan ilg‘or ishlab chiqarish usullarini tezkor tatbiq etish imkonini beradi.

Dual ta’lim va xalqaro diplom: 70 dan ortiq davlatda tan olinadigan diplom va ingliz tilidagi o‘quv dasturlari Qoraqalpog‘iston yoshlarining xalqaro mehnat bozorida munosib o‘rin egallashiga, shu jumladan, Yevropa mamlakatlarida yuqori daromadli ishlarga joylashishiga zamin yaratmoqda.

Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, o‘quv jarayonini ish beruvchilar ehtiyoji va zamonaviy talablarga moslashtirish — bu tumanlarimiz, xususan Amudaryo tumani yoshlari uchun ham yangi imkoniyatlar deganidir. Biz, O‘zbekiston Ekologik partiyasi deputatlari, ushbu islohotlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz va yoshlarimizning zamonaviy, ekologik toza texnologiyalarga asoslangan kasblarni egallashlari uchun barcha ko‘makni ko‘rsatishga tayyormiz."