Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Gulmira Nurboboyeva aholi murojaatlarini joyiga chiqib o‘rgandi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari hamda Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Gulmira Nurboboyeva hamkorligida aholi murojaatlarini bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularga ijobiy yechim topish maqsadida uchrashuvlar o‘tkazildi.
Muloqot davomida hudud aholisi, ayniqsa, yoshlarni qiynayotgan masalalar, ularning taklif va tashabbuslari atroflicha tinglandi. Fuqarolarning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid murojaatlari joyida ko‘rib chiqildi.