Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#_Kengash_raisi_faoliayti #_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
#_kotibiyat_mudiri_faoliayti #_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_okrugdagi_o'rganish #_kotibiyat_xodimi_faoliyati Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: elektr ta’minoti holati o‘rganildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Ustozlar — yurt e’zozi va ta’lim taraqqiyoti tayanchi
янв.21
#_yoshlar_masalaht_guruhi_faoliyati #_doimiy_komissiya_faoliyati
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala “Ma’rifat karvoni” — ma’naviyat va ma’rifat sari ezgu qadam
янв.21
#_Kengash_faoliayti Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_ish_reja_ijrosi #_kotibiyat_xodimi_faoliyati #_Biriktirlgan_tashkilot_faoliyati_tahlili Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi deputatlar nazoratida
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_okrugdagi_o'rganish Shohjahon mahallasida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish bo‘yicha xatlov jarayonlarining haqqoniyligi joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_okrugdagi_o'rganish #_kotibiyat_xodimi_faoliyati Aholi murojaatlari — deputat nazoratida
янв.21
#_deputat_faoliyati Sariosiyoda zamonaviy texnikalar yordamida paxta terimi jadallik bilan davom etmoqda
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#162_ta_qonun
Deputatlarning Kengash sessiyasi, doimiy komissiya va partiya guruhi majlislaridagi odob-axloq qoidalari


Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatlari o‘z vakolatlarini amalga oshirish jarayonida yuksak muomala madaniyati, qonuniylik va mas'uliyat tamoyillariga qat'iy rioya etishi lozim. Deputatlik odobi Kengash faoliyatining samaradorligi, ochiqligi va jamoatchilik ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sessiya va majlislarda ishtirok etish majburiyati
Deputat Kengash sessiyalarida, shuningdek o‘zi a'zo bo‘lgan doimiy komissiya va siyosiy partiya guruhi majlislarida shaxsan ishtirok etishi shart. Agar uzrli sabablarga ko‘ra sessiya yoki majlisda qatnashishning imkoni bo‘lmasa, bu haqda Kengash raisi, Kengash kotibiyati mudiri, doimiy komissiya raisi yoki partiya guruhi rahbarini kamida bir kun oldin, favqulodda holatlarda esa sessiya yoki majlis boshlanishidan oldin xabardor qilishi lozim.

Sessiya va majlislarda deputatning odob-axloq talablari
Deputat Kengash sessiyasi, doimiy komissiya va partiya guruhi majlislarida:
deputatlar yoki boshqa shaxslarning sha'ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan qo‘pol, haqoratomuz so‘zlar, iboralar yoki imo-ishoralardan foydalanmasligi;
sessiya va majlislarning normal o‘tishiga xalaqit beradigan harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi, so‘zga chiqqanlarning nutqini bo‘lmasligi hamda belgilangan tartibga zid ravishda fikr bildirmasligi;
baland ovozda gapirmasligi yoki baqirmasligi, so‘zga chiqqanlarning o‘z fikrini erkin bayon etishiga to‘sqinlik qilmasligi;
uzrsiz sabablarga ko‘ra majlislar zalini namoyishkorona tark etmasligi;
kun tartibidagi masaladan chetga chiqmasdan fikr bildirishi, hech bir shaxsga nisbatan asossiz ayblovlar ilgari surmasligi;
deputatlik faoliyati davomida bila turib yolg‘on yoki noto‘g‘ri axborotdan foydalanmasligi;
Kengash Reglamenti va Odob-axloq qoidalari talablariga zid bo‘lgan boshqa xatti-harakatlarni sodir etmasligi shart.

Deputatning tashqi ko‘rinishi
Deputatning tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubi Kengashning nufuzi hamda jamoatchilikning unga bo‘lgan hurmatini mustahkamlashga xizmat qilishi lozim. Shuningdek, deputat o‘z vakolatini tasdiqlovchi guvohnomani doimo o‘zi bilan olib yurishi hamda deputatlik ko‘krak nishonini ko‘kragining chap tomoniga taqib yurishi shart.

Odob-axloq qoidalarini buzganlik uchun choralar
Agar deputat Odob-axloq qoidalarini buzsa, sessiya yoki majlisda raislik qiluvchi:
deputatni ogohlantirishi;
uni so‘zga chiqish huquqidan mahrum qilishi;
majlislar zalini tark etishni talab qilishi;
deputatning xatti-harakatlariga baho berish uchun Kengashning Odob-axloq masalalari bo‘yicha komissiyasiga murojaat qilishi mumkin.

Shaxsiy ovoz berish majburiyati
Deputat sessiya va majlislarda faqat shaxsan ovoz berishi shart. Ovoz berish huquqini boshqa deputatga yoki boshqa shaxsga topshirish qat'iyan taqiqlanadi. Bunday holatlar yuzaga kelganda, Odob-axloq komissiyasi yoki uning taklifiga ko‘ra Kengash tomonidan amaldagi qonunchilikda, jumladan "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida"gi Qonunda nazarda tutilgan ta'sir choralari qo‘llanilishi mumkin.

Eshmurodova Zulfizar Xo‘shboqovna Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi qoidalari masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, 21-“G‘urjak” saylov okrugi deputati.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram

Slide 1 of 1