Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#_Kengash_raisi_faoliayti #_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
#_kotibiyat_mudiri_faoliayti #_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_okrugdagi_o'rganish #_kotibiyat_xodimi_faoliyati Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: elektr ta’minoti holati o‘rganildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Ustozlar — yurt e’zozi va ta’lim taraqqiyoti tayanchi
янв.21
#_yoshlar_masalaht_guruhi_faoliyati #_doimiy_komissiya_faoliyati
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala “Ma’rifat karvoni” — ma’naviyat va ma’rifat sari ezgu qadam
янв.21
#_Kengash_faoliayti Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_ish_reja_ijrosi #_kotibiyat_xodimi_faoliyati #_Biriktirlgan_tashkilot_faoliyati_tahlili Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi deputatlar nazoratida
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_okrugdagi_o'rganish Shohjahon mahallasida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish bo‘yicha xatlov jarayonlarining haqqoniyligi joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_okrugdagi_o'rganish #_kotibiyat_xodimi_faoliyati Aholi murojaatlari — deputat nazoratida
янв.21
#_deputat_faoliyati Sariosiyoda zamonaviy texnikalar yordamida paxta terimi jadallik bilan davom etmoqda
DOIMIY KOMISSIYALAR FAOLIYATIDA NAMUNAVIY QARORLAR ASOSIDA ISH TASHKIL ETILMOQDA

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashida doimiy komissiyalar faoliyatini amaldagi qonunchilik talablari, belgilangan tartib-taomillar hamda tavsiya etilgan namunaviy qarorlar asosida tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
✅ Doimiy komissiyalar tomonidan ko‘rib chiqilayotgan masalalarni har tomonlama va tizimli o‘rganish, qabul qilinayotgan qarorlarning huquqiy asoslanganligi, mazmunan to‘liqligi hamda tavsiya etilgan namunaviy shakllarga muvofiq rasmiylashtirilishini ta’minlash borasida tegishli ishlar olib borilmoqda.
✅ Shu maqsadda doimiy komissiyalar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar muntazam tahlil qilinib, ularning:
✅ amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi;
✅ mazmunan asoslanganligi va to‘liqligi;
✅ belgilangan vazifalarning aniq va tushunarli ifodalangani;
✅ ijrochilar va ijro muddatlarining belgilanganligi;
✅ ijroni nazorat qilish mexanizmlarining aks ettirilishi
kabi jihatlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
✅ Xususan, Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhining “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish maqsadida yong‘in, elektr, sanitariya va umumiy xavfsizlik talablariga rioya etilishi holatini o‘rganish yakunlari to‘g‘risida”gi axboroti tinglandi.
✅ Muhokamalar davomida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, yong‘in va elektr xavfsizligi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda umumiy xavfsizlikni ta’minlashning amaldagi holati atroflicha muhokama qilindi.
✅ Shuningdek, tashkilotlarda amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish imkoniyatlari, bolalar uchun xavfsiz va sog‘lom muhit yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Muhokamalar davomida aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, xavfsizlik talablarining amaliy ijrosini ta’minlash, mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda mazkur yo‘nalishdagi ishlar ustidan deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
✅ Yig‘ilish yakunida tavsiya etilgan namunaviy qaror asosida doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi. Qarorda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini tizimli nazorat qilib borish vazifalari belgilandi.
✅ Shuningdek, mazkur masalani Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilindi.
✅ Bunday tizimli yondashuv, avvalo, doimiy komissiyalar faoliyatida yagona ish yuritish amaliyotini shakllantirish, hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish sifatini oshirish, qabul qilinayotgan qarorlarning aniq va natijador bo‘lishini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
✅ Shu bilan birga, doimiy komissiyalarning masalalarni chuqur o‘rganishi, muammolarga aniq yechimlar ishlab chiqishi va qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilishi deputatlik nazoratining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
✅ Ochiqlik, shaffoflik, qonuniylik va natijadorlik — doimiy komissiyalar faoliyatining muhim mezonlaridir.
‼️ Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi tomonidan doimiy komissiyalar faoliyatini yanada takomillashtirish, hujjatlar bilan ishlash sifatini oshirish, namunaviy qarorlar asosida ish yuritish amaliyotini kengaytirish hamda qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. 

Slide 1 of 4