🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi a’zosi, 2-Boyrachi saylov okrugi deputati Ollamov G‘ayrat Ollamovich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov tomonidan Bog‘bon MFY yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida mahallada yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
📌 Shuningdek, yoshlar yetakchisining belgilangan vazifalarni bajarishi, yoshlar bilan individual ishlash hamda mavjud muammolarni tegishli tartibda hal etish bo‘yicha faoliyati tahlil qilindi.