Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#_Kengash_raisi_faoliayti #_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
#_kotibiyat_mudiri_faoliayti #_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_okrugdagi_o'rganish #_kotibiyat_xodimi_faoliyati Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: elektr ta’minoti holati o‘rganildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Ustozlar — yurt e’zozi va ta’lim taraqqiyoti tayanchi
янв.21
#_yoshlar_masalaht_guruhi_faoliyati #_doimiy_komissiya_faoliyati
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala “Ma’rifat karvoni” — ma’naviyat va ma’rifat sari ezgu qadam
янв.21
#_Kengash_faoliayti Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_ish_reja_ijrosi #_kotibiyat_xodimi_faoliyati #_Biriktirlgan_tashkilot_faoliyati_tahlili Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi deputatlar nazoratida
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_okrugdagi_o'rganish Shohjahon mahallasida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish bo‘yicha xatlov jarayonlarining haqqoniyligi joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_okrugdagi_o'rganish #_kotibiyat_xodimi_faoliyati Aholi murojaatlari — deputat nazoratida
янв.21
#_deputat_faoliyati Sariosiyoda zamonaviy texnikalar yordamida paxta terimi jadallik bilan davom etmoqda
Huquqiy ma'lumot
#162_ta_qonun
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida
№938-XII Qonuni

19-modda. Pensiya olish huquqiga ega boʻlgan oila aʼzolari

Vafot etgan boquvchining qaramogʻida (20-modda) boʻlgan mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzolari boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi olish huquqiga ega boʻladi. Bunda farzandlarga va ushbu modda uchinchi qismining “b” va “v” bandlarida koʻrsatib oʻtilgan shaxslarga pensiya ular boquvchining qaramogʻida turgan-turmaganidan qatʼi nazar tayinlanadi.

Marhumning qaramogʻida turmagan ota-onasi va eri (xotini) ham, keyinchalik kun kechirish uchun zarur mablagʻ manbaidan mahrum boʻlib qolsalar, pensiya olish huquqiga ega boʻladilar.

Quyidagilar oilaning mehnatga qobiliyatsiz aʼzolari hisoblanadilar:

a) farzandlar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar 18 yoshga toʻlmagan boʻlsa yoki 18 yoshdan katta boʻlsa, agar ular 18 yoshga toʻlguniga qadar nogironligi bor bola boʻlib qolgan boʻlsa. Bunda basharti, agar aka-ukalar, opa-singillar va nabiralarning mehnatga qobiliyatli ota-onasi boʻlmasa;

b) ota, ona, oʻgay ota, oʻgay ona, xotin, er, basharti, ular 7-moddada nazarda tutilgan pensiya yoshiga toʻlgan yoki nogironligi boʻlgan shaxs boʻlsalar;

v) yoshidan va mehnat qobiliyatidan qatʼi nazar, ota va onadan biri yoki er (xotin) yoxud buva, buvi, aka-uka yoki opa-singil, agar u vafot etgan boquvchining farzandlari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan taʼtilda boʻlish huquqini beradigan yoshga toʻlgunga qadar boqish bilan mashgʻul boʻlsa va ishlamasa;

g) buva va buvi — agar qonunga muvofiq ularni boqishi shart boʻlgan kishilar boʻlmasa.

Taʼlim tashkilotlarining oʻquvchilari va talabalari oʻqishning butun davri davomida, biroq 23 yoshga toʻlguniga qadar boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini olish huquqiga ega.

Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi olish huquqiga ega boʻlgan voyaga yetmagan farzandlar, ular farzandlikka olinganlarida ham bu huquqni saqlab qoladilar.

Oʻgay oʻgʻil va oʻgay qiz, agar ular ota-onalaridan aliment olmagan boʻlsalar, haqiqiy farzandlar singari pensiya olish huquqiga egadirlar.

Oʻgay ota va oʻgay ona, agar vafot etgan oʻgay oʻgʻilni (qizni) 18 yoshga toʻlgunga qadar kamida 5 yil tarbiyalagan yoki boqqan boʻlsalar, haqiqiy ota va ona singari pensiya olish huquqiga ega boʻladilar. Oʻgay ota va oʻgay onaning vafot etgan oʻgay oʻgʻilni (qizni) tarbiyalaganligi yoki boqqanligini aniqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Ushbu Qonunning vafot etganlar oilalariga taalluqli hamma qoidalari bedarak yoʻqolganlarning oilalariga ham, agar boquvchining bedarak yoʻqolganligi belgilangan tartibda tasdiqlangan boʻlsa, tegishli ravishda joriy qilinadi.

👤 Qodirov Jamshid Hazratqulovich Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 20-Mehrabod saylov okrugi deputati

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube
Slide 1 of 1