Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Kamolova hamda “Adolat” SDP Uchquduq tuman Kengashi bilan hamkorlikda hududlarda sanitariya va obodonlashtirish holati, xususan, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish masalasi o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida chiqindi qutilari va maydonchalarining holati, chiqindilarning belgilangan muddatlarda olib chiqilishi, hududlarning tozaligi hamda sanitariya talablariga rioya etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🌿 Hududlarda tozalik va obodonlikni ta’minlash, aholi uchun qulay va sog‘lom muhit yaratish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish bo‘yicha mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🤝 Bunday hamkorlikdagi o‘rganishlar hududlarda sanitariya-obodonlashtirish ishlarini yanada yaxshilash, aholining murojaat va takliflarini o‘rganish hamda mavjud kamchiliklarni tezkor bartaraf etishga xizmat qiladi.
♻️Toza hudud — sog‘lom muhit va farovon hayot garovi!