O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, belgilangan talablar asosida amalga oshirilishi hamda obyektni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Qurilish ishlarining sifatli va belgilangan muddatlarda bajarilishi deputatlik nazoratiga olindi.
Mazkur tibbiyot maskani foydalanishga topshirilishi mahalla aholisi uchun tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.