35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat so'rovi yuborildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_biriktirilgan_tashkilot #_Kengash_ish_rejasining_ijrosi Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi deputatlar nazoratida
янв.21
#_deputat_faoliyati #_162_ta_qonun #_24_ta_masala #_kotibiyat_xodimi_faoliyati #_Kengash_ish_rejasining_ijrosi #_Yoshlar_maslahat_guruhining_faoliyati Mahalla raisining faoliyati deputatlik nazorati asosida o‘rganildi
янв.21
#_kotibiyat_xodimi_faoliyati #_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_okrugdagi_o'rganish Xonjiza mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
#_kotibiyat_xodimi_faoliyati #_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_okrugdagi_o'rganish Mahalladagi bunyodkorlik ishlari o‘rganildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_okrugdagi_o'rganish Aholi murojaatlari xonadonbay o‘rganildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_okrugdagi_o'rganish Mahalla ichki yo‘llarini asfaltlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_kotibiyat_xodimi_faoliyati #_Kengash_ish_rejasining_ijrosi Maktabdagi ta’lim sifati va moddiy-texnik baza o‘rganildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_okrugdagi_o'rganish MIRZO ULUG‘BEK MAHALLASIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_kotibiyat_xodimi_faoliyati Ayollar bandligini ta’minlash va jinoyatchilikning oldini olish — e’tiborda
BOLALAR TAQDIRI — E’TIBOR MARKAZIDA!

Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquq va manfaatlarini ta’minlash — jamiyatning muhim vazifalaridan biridir.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi deputati Aldanov Yelibay Tokbergenovich tomonidan Tomdi tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktoriga deputat so‘rovi yuborildi.

📌 Deputat so‘rovida tumandagi ushbu toifadagi bolalarning:
🔹 ijtimoiy holati va ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar;
🔹 uy-joy bilan ta’minlanganlik holati;
🔹 ta’lim olishi va kasb-hunar egallashi;
🔹 bandligini ta’minlash;
🔹 moddiy va ijtimoiy yordamlar bilan qamrab olinishi;
🔹 mustaqil hayotga tayyorlanishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan aniq ma’lumotlar so‘raldi.

🎯 Asosiy maqsad — har bir bolaning huquqi himoyalangan, kelajagi kafolatlangan va jamiyatda munosib o‘rin egallashi uchun zarur sharoit yaratilishini ta’minlash.

Deputat so‘rovi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-son qarori bilan belgilangan vazifalar ijrosini o‘rganish doirasida yuborildi.

Bola taqdiri — befarq qoldirib bo‘lmaydigan masala.
Ularning buguni va kelajagi — barchamizning e’tiborimizda!

Slide 1 of 2