35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_162_ta_qonun Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida qonunlar ijrosi o‘rganildi
янв.21
#_deputat_faoliyati Bo‘yrapusht mahallasida fuqaro murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlari natijalari
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_Ekspert_guruhi_faoliyati Daragiston mahallasida sport obyektlarining holati nazorat-tahlil tartibida o‘rganildi
янв.21
#_deputat_faoliyati Obizarang daryosi ustida yangi ko‘prik qurilishi o‘rganildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Hudud obodligi — deputat e’tiborida
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Hudud obodligi — deputat e’tiborida
янв.21
Rahbarlik lavozimlarida ayollar ulushining oshishi: ijobiy tajribalar
янв.21
#_162_ta_qonun #_deputat_faoliyati #biriktirilgan_tashkilot Deputatlik nazorati amalda
янв.21
#_deputat_faoliyati Sharafobod mahallasida bunyodkorlik ishlari yakunlanib, mahalla ochilish marosimi o‘tkazildi
“Naymanko‘l”da yo‘l ishlari: aholi fikri o‘rganilmoqda

“Naymanko‘l” OFY 1-Nayman saylov okrugidagi ichki ko‘chalarni asfaltlash ishlari oldidan olib borilayotgan jarayonlar deputatlik nazoratida.

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Artikov Davron Omarbaevich Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich bilan birgalikda hududdagi ishlarning borishini ko‘zdan kechirdi. Shu bilan birga, mahalla aholisi bilan suhbatlashib, ularning fikr va takliflari tinglandi.

😊 Aholi ko‘chalarni asfaltlash ishlari boshlanayotganidan mamnun. Fuqarolar uzoq kutilgan mazkur ishlar hudud obodonchiligi va harakatlanish sharoitlarini yaxshilashiga ishonch bildirib, amalga oshirilayotgan ishlar uchun Prezidentimizga hamda mas’ullarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirmoqda.

🤝 Deputatlar tomonidan fuqarolar fikrlari tinglanib, ishlarning sifatli va belgilangan talablar asosida amalga oshirilishi yuzasidan nazorat davom ettirilmoqda.

Obod mahalla — aholi roziligi va farovon hayotining muhim mezonidir.