35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Deputat va saylovchilar o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Soliq tizimidagi islohotlar va tadbirkorlik muhitining yaxshilanishi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Saylov okruglarida xonadonbay o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda
янв.21
#_doimiy_komissiya_faoliyati Korrupsiyaning oldini olish va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
#_kotibiyat_faoliyati Kengash kotibiyatining haftalik ish rejasi belgilab olindi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Tashabbusli budjet: hududlar rivoji va xizmatlar sifati yaxshilanmoqda
янв.21
O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi oshib borishi: diplomatik aloqalar kengayishi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_Yoshlar_maslahat_guruhi Aholi salomatligi — deputat nazoratida
янв.21
#_Kengash_raisining_faoliyati Fuqarolar murojaatlari tinglandi
NARX-NAVO VA XARIDORLARGA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI

NARX-NAVO VA XARIDORLARGA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
Tuman Kengashi deputati M.Altibayeva tomonidan Paxtachi mahallasida aholini kundalik ehtiyoj mollari bilan ta’minlash, mahsulotlar narxining asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida savdo do‘konlarida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida narxlarning belgilanishi va xaridorlarga taqdim etilayotgan ma’lumotlarning ochiqligiga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, do‘konlarda xaridorlar uchun yaratilgan sharoitlar, mahsulotlarning saqlanishi, savdo madaniyati va sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi ham ko‘zdan kechirildi.
Aholi bilan muloqotlar davomida sohadagi muammolar yuzasidan fikr-mulohazalari eshitildi.
🔹 O‘rganishlar yakuni bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholiga sifatli va madaniyatli savdo xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Aholi manfaati — doimo e’tibor markazida!