35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_162_ta_qonun #_kotibiyat_xodimi_faoliyati Doimiy komissiya va “Ekspertlar guruhi” hamkorligida madaniyat markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi orqali qilingan murojaat ijobiy hal qilindi
янв.21
Deputat so‘rovi orqali qilingan murojaat ijobiy hal qilindi
янв.21
Maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq jarang sochdi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_kunlik_ish_reja_ijrosi #_kotibiyat_faoliyati Deputat — xalq bilan: murojaatlar va muammolar e’tiborda
янв.21
#_deputat_faoliyati #_kunlik_ish_reja_ijrosi #_kotibiyat_faoliyati Tuman Kengashi va “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti hamkorligi
янв.21
Bugun, 2 sentabr – O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasi kuni
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_kunlik_ish_reja_ijrosi Xonjiza mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Mustaqilligimizning 35 yilligiga tuhfa: Sariosiyo tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga yangi qutqaruv binosi foydalanishga topshirildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🇺🇿 35 YIL — TINCHLIK, BUNYODKORLIK VA YUKSALISH YO‘LI: SHEROBODDA MUSTAQILLIK BAYRAMI KENG NISHONLANDI🎉

Sherobod tumanida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan katta bayram tantanasi ko‘tarinki kayfiyat va yuksak shukuhda nishonlandi.

Tadbirda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi Raisi O.Tursunov hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputatlari ham ishtirok etdi.

➡️ Tantanali tadbir avvalida Sherobod tumani hokimi Usmon Alimov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni Mustaqillik bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. O‘z tabrigida yurtimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari, xalqimiz hayotidagi ijobiy o‘zgarishlar va erishilayotgan yutuqlarga to‘xtalib o‘tdi.

🏗 Xususan, Sherobod tumanida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, zamonaviy ijtimoiy obyektlarning barpo etilayotgani, ta’lim muassasalari uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan loyihalar alohida ta’kidlandi.

➡️Tuman hokimi o‘z nutqida bugungi tinch va farovon hayotimizning qadriga yetish, Vatan ravnaqi va taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish, yosh avlodni yurtparvarlik ruhida tarbiyalash barchamizning ezgu burchimiz ekanini qayd etdi.

➡️Shundan so‘ng bayram tadbiri tuman Madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan rang-barang badiiy-musiqiy dastur bilan davom etdi. Sahna uzra yangragan kuy-qo‘shiqlar, nafis raqslar va ijodkorlarning chiqishlari bayram ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

➡️Bayramning eng kutilgan mehmonlaridan biri — taniqli san’atkor Janob Rasul Sherobod ahliga o‘zining tashrifi bilan xush kayfiyat ulashdi. U o‘zining mashhur kuy-qo‘shiqlarini jonli ijroda kuylab, yig‘ilganlarni Mustaqillik bayrami bilan samimiy tabrikladi. Uning chiqishlari tomoshabinlar tomonidan katta olqishlar bilan kutib olindi.

🎶 Jonli ijro, jo‘shqin musiqa va bayramona chiqishlar uyg‘unligida kechgan tadbir Sherobod ahliga unutilmas taassurotlar ulashdi. Ayniqsa, yoshlar va san’at ixlosmandlarining faol ishtiroki bayramga yanada o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

🇺🇿 35 yil — bu shunchaki sana emas. Bu ozod va erkin hayot, tinch osmon, bunyodkorlik, taraqqiyot va kelajakka bo‘lgan ishonch timsolidir.

➡️ Mustaqillik bayrami munosabati bilan yurtimizda tinchlik va osoyishtalik, xonadonlarimizda fayz-u baraka, xalqimizga sihat-salomatlik va farovonlik tilandi.

🇺🇿 Yangi O‘zbekistonning yangi marralari sari birgalikda!
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! 🎉

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 8