Prezident qarorlarining ijrosi
ta’minlanmoqda
3.02.2025
🔷 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari tashabbusi
bilan O‘zbekiston MFY hududida istiqomat qiluvchi fuqarolarning uzoq yillar davomida
amalga oshirilishi kutilayotgan umumta’lim maktabi Xalq deputatlari Farg‘ona
tuman Kengashining 2022-yil 8-iyundagi VI-51-62-11-163-K/22-sonli “O‘zbekiston mahalla fuqarolar yig‘ini hududida
maktab uchun ajratilgan yer maydoniga yangi maktab qurish masalasi to‘g‘risida”gi
qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi
“2024-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-404-sonli qarorlari ijrosi yuzasidan
tuman Kengashi deputatlari Ozodaxon Dadajonova, Shuxratjon Raximov va O‘zbekiston
“Adolat” SDP tuman Kengashi raisi Nodirbek Karimovlar tumanning O‘zbekiston MFY
hududi Bunyodkor ko‘chasida qurib bitkazilayotgan 25-sonli umumta’lim maktabini
qurilish ishlarini o‘rgandilar.
🔷 O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar
yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi hamda takliflar mas’ullarga yetkazilishi
yuzasidan kelishib olindi.