35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Navbatdagi fuqarolar qabul o‘tkazildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala “Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi Tortuli mahallasida bunyodkorlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatida yangi samarali boshqaruv mexanizmlari joriy etilmoqda
янв.21
#_24_ta_masala #_162_ta_qonun #_deputat_faoliyati Bolajonlar tabassumi — barchamizning eng ulug‘ maqsadimiz!
янв.21
#_biriktirilgan_tashkilot #_deputat_faoliyati Biriktirilgan tashkilotda deputat nazorati
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_kotibiyat_xodimi_faoliyati Mahalla obodligi — deputat nazoratida
янв.21
#_kunlik_ish_reja_ijrosi #_deputat_faoliyati #_kotibiyat_xodimi_faoliyati #_24_ta_tavsiyalar_ijrosi Fuqarolar murojaatlari — deputat nazoratida
янв.21
#_kunlik_ish_reja_ijrosi #_deputat_faoliyati #_kotibiyat_xodimi_faoliyati #_24_ta_tavsiyalar_ijrosi Sessiya oldidan masalalar va fuqarolar murojaatlari — deputat e’tiborida
янв.21
#_162_ta_qonun Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash – davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi
янв.21
12-avgust — Davlat soliq xizmati organlari xodimlari kuni!
Ijtimoiy sohadagi muhim masalalar doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi

 🔹 Yig‘ilish avvalida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish holati tahlil qilindi. 

Tuman Yoshlar ishlari bo‘limining hisoboti eshitilib, yoshlarning muammolarini o‘rganish, ularga ijtimoiy va iqtisodiy ko‘mak
ko‘rsatish, jamg‘arma mablag‘larini belgilangan maqsadlar asosida samarali yo‘naltirish masalalariga e’tibor qaratildi.
 

Ajratilayotgan yordamlarning manzilliligi, mablag‘larning maqsadli sarflanishi va amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligini ta’minlash bo‘yicha takliflar bildirildi. 

🔹 Navbatdagi masala yuzasidan tuman Tibbiyot birlashmasining 2026-yil birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha hisoboti
tinglandi.
 

Unda tibbiyot muassasalarining davr mobaynidagi faoliyati, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, sog‘liqni saqlashni
rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosi hamda sohaning asosiy ko‘rsatkichlari muhokama etildi.
 

Aholi o‘rtasida kasalliklarning oldini olish va ularni erta aniqlash, profilaktika ishlarini kuchaytirish, sog‘lom turmush
tarzini keng targ‘ib qilish, to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini shakllantirish masalalariga alohida urg‘u berildi.
 

Mavjud muammolarni bartaraf etish, tibbiy xizmat sifatini oshirish va aholi uchun yanada qulay tibbiy muhit yaratish bo‘yicha
fikr-mulohazalar bildirildi.
 

🔹 Keyingi masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2024-yil 25-noyabrdagi PQ-405-son qarori ijrosi doirasida tumanda 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi.Xususan, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror talablaridan kelib chiqib, mahallalarda nuroniylarning faolligini oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish hamda manzilli yordam ko‘rsatish borasidagi ishlarga baho berildi. 

📌 Muhokamalar davomida doimiy komissiya a’zolari mas’ullarga savollar yo‘llab, sohalardagi mavjud muammolar, ularning sabablari va yechimlari xususida fikr almashdilar. Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zolari ham o‘z taklif va tavsiyalarini ilgari surdilar. 

Yig‘ilish yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish,
ishlar samaradorligini oshirish va aholi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan takliflar shakllantirildi.
 

🔹 Muhokama qilingan masalalarni xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish belgilandi. 

🔹 Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha doimiy komissiyaning tegishli qarorlari qabul qilindi. 

Bunday ochiq muloqot va amaliy muhokamalar yoshlar kelajagi, aholi salomatligi hamda ijtimoiy himoyasiga daxldor masalalarni
manzilli hal etish, mavjud muammolarga o‘z vaqtida yechim topish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va deputatlik nazoratining ta’sirchanligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
   

🔹 Yig‘ilish avvalida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish holati tahlil qilindi. 

Tuman Yoshlar ishlari bo‘limining hisoboti eshitilib, yoshlarning muammolarini o‘rganish, ularga ijtimoiy va iqtisodiy ko‘mak
ko‘rsatish, jamg‘arma mablag‘larini belgilangan maqsadlar asosida samarali yo‘naltirish masalalariga e’tibor qaratildi.
 

Ajratilayotgan yordamlarning manzilliligi, mablag‘larning maqsadli sarflanishi va amalga oshirilayotgan ishlar
natijadorligini ta’minlash bo‘yicha takliflar bildirildi.
 

🔹 Navbatdagi masala yuzasidan tuman Tibbiyot birlashmasining 2026-yil birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha hisoboti
tinglandi.
 

Unda tibbiyot muassasalarining davr mobaynidagi faoliyati, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, sog‘liqni saqlashni
rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosi hamda sohaning asosiy ko‘rsatkichlari muhokama etildi.
 

Aholi o‘rtasida kasalliklarning oldini olish va ularni erta aniqlash, profilaktika ishlarini kuchaytirish, sog‘lom turmush
tarzini keng targ‘ib qilish, to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini shakllantirish masalalariga alohida urg‘u berildi.
 

Mavjud muammolarni bartaraf etish, tibbiy xizmat sifatini oshirish va aholi uchun yanada qulay tibbiy muhit yaratish bo‘yicha
fikr-mulohazalar bildirildi.
 

🔹 Keyingi masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2024-yil 25-noyabrdagi PQ-405-son qarori ijrosi doirasida tumanda 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi.Xususan, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror talablaridan kelib chiqib, mahallalarda nuroniylarning faolligini oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish hamda manzilli yordam ko‘rsatish borasidagi ishlarga baho berildi. 

📌 Muhokamalar davomida doimiy komissiya a’zolari mas’ullarga savollar yo‘llab, sohalardagi mavjud muammolar, ularning sabablari va yechimlari xususida fikr almashdilar.

Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zolari ham o‘z taklif va tavsiyalarini ilgari surdilar.
 

Yig‘ilish yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish,
ishlar samaradorligini oshirish va aholi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan
takliflar shakllantirildi.
 

🔹 Muhokama qilingan masalalarni xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish belgilandi. 

🔹 Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha doimiy komissiyaning tegishli qarorlari qabul qilindi. 

Bunday ochiq muloqot va amaliy muhokamalar yoshlar kelajagi, aholi salomatligi hamda ijtimoiy himoyasiga daxldor masalalarni
manzilli hal etish, mavjud muammolarga o‘z vaqtida yechim topish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va deputatlik nazoratining ta’sirchanligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
   

 👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani
Kengashi
  

Slide 1 of 4