Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan ishlar holati o‘rganilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13 martdagi 134-son qarori bilan davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish va baholashning aniq tartibi belgilangan.
🔹 Xodimlarning amaldagi qonunchilikni bilishi;
🔹 fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishi;
🔹 korrupsiyaga qarshi qonunchilik talablaridan xabardorligi;
🔹 mehnat qonunchiligiga rioya etishi;
🔹 Lex.uz milliy qonunchilik bazasi bilan mustaqil ishlay olishi — asosiy mezonlardan hisoblanadi.
📌 Qaror talablariga ko‘ra, xodimlar huquqiy savodxonligi test sinovlari orqali har uch yilda bir marta baholanadi.
Test sinovi 40 ta savoldan iborat bo‘lib, uni bajarish uchun 50 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir to‘g‘ri javob 2,5 ball bilan baholanadi.
Natijalar:
🟢 86 ball va undan yuqori — a’lo
🔵 71–85 ball — yaxshi
🟡 56–70 ball — qoniqarli
🔴 0–55 ball — qoniqarsiz
❗️Deputatlik nazorati doirasida asosiy e’tibor faqat test natijasiga emas, balki huquqiy bilimlarning amaliy faoliyatda qo‘llanilishiga qaratilmoqda.
Fuqarolar murojaatlarini qonuniy va adolatli ko‘rib chiqish, noqonuniy qarorlarning oldini olish, korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik — har bir davlat xizmatchisining muhim mas’uliyatidir.
Qonunni bilish — mas’uliyat.
Qonunga rioya qilish — davlat xizmatining asosiy mezoni.