35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala "Obod mahalla — farovon hayot poydevori!"
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Ayol fuqarolar bilan ochiq muloqot: dolzarb masalalar muhokama qilindi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar muammolari manzilli o‘rganildi
янв.21
#_biriktirilgan_tashkilot #_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Biriktirilgan tashkilotda deputat nazorati
янв.21
Haftalik_ish_reja_ijrosi #_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_162_ta_qonun Deputat saylovchilar murojaatlarini tingladi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan narkologiya shifoxonasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_Dasturlar_ijrosi_deputat_nazoratida
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Fuqarolar murojaatlari – e’tiborda
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Deputat saylovchilar bilan uchrashib, fuqarolar murojaatlarini tingladi
янв.21
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
“BO’ZSUV” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR MASALALARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi Raisi, deputati R.Yusupov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Aliyeva tomonidan “Bo’zsuv” mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar masalalari bilan yaqindan tanishildi.

❗️Mahallada xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, oilaviy muammolarni aniqlash, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, shuningdek, ayollar murojaatlari bilan ishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.

👍Mazkur masala deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida amalga oshirilib, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, mavjud muammolarni manzilli hal etish hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

🔵Ushbu jarayon “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq amalga oshirildi.

✅”Bo’zsuv” mahallasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning murojaatlarini joyida o‘rganish va mavjud muammolarni manzilli hal etish bo‘yicha deputatlik faoliyati davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 2